Kalamushlar, pashshalar, iflos pollar: antisanitariya sababli o‘nlab restoranlar yopildi

Olam

image

Hindistonning Mumbay sanitariya nazorati boshqarmasi inspektorlari kalamushlar va iflosliklar sababli shahardagi o‘nlab mashhur restoranlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “The Straits Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hindistonning moliyaviy poytaxtida ovqatlanish shoxobchalarini tekshirish bo‘yicha so‘nggi yillardagi eng yirik kampaniya avj olgan. Mumbay hokimiyati ommabop restoranlar, qahvaxonalar va qandolatchilik do‘konlarida keskin reydlar boshlagan. Inspeksiyalar davomida mashhur maskanlarda kalamushlar, pashshalar, muddati o‘tgan mahsulotlar, iflos pollar va yuvilmagan idish-tovoq to‘plangan uyyumlar aniqlangan.

Reydlarga Maharashtra shtati Oziq-ovqat va dori-darmonlarni nazorat qilish boshqarmasi rahbari Tukaram Mundhe boshchilik qilgan. Birgina iyul oyining o‘zida uning idorasi 900 ga yaqin korxonani tekshirgan va 100 dan ortiq litsenziyaning amal qilishini vaqtincha to‘xtatgan. Sanksiyalar ostiga eng eski qandolatchilik do‘konlari ham, elita sport klublaridagi oshxonalar ham tushgan.

Mumbay aholisi bu kabi qa’tiy choralarni qo‘llab-quvvatlagan, biroq restoranlar assotsiatsiyalari kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati berilmasdan korxonalar to‘satdan yopilganidan norozi bo‘lib, Bosh vazir Narendra Modiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, regulyatorga xodimlar yetishmovchiligi jiddiy sezilmoqda: butun shtat bo‘yicha talab etiladigan ikki ming nafar o‘rniga 400 dan kamroq inspektor ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan keyin ommaviy zaharlanish holati qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing