Mahalliy Kengaş deputatlarining vakolatlari kengaytiriladi
O‘zbekiston
−
15:53 356 2 daqiqa
Özbekistonda mahalliy Kengaşlarda hisobotlarni eşitiş tizimi takomillaştiriladi. Bu haqda Prezident keça, 16 noyabr kuni imzolagan “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati kafolatlarini kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonda belgilangan.
Hujjatga köra, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari öz hisobotlari va axborotlarini belgilangan muddatlarda mahalliy Kengaşlarga şaxsan taqdim etişi şart.
Şuningdek, har çorakda bir marta Kengaş sessiyasi kun tartibidagi birinçi masala sifatida saylov okruglaridagi muammolar muhokama qilinadi. Bu jarayon, qoida tariqasida, hokim va uning örinbosarlari iştirokida, aholi ehtiyojlaridan kelib çiqib ötkaziladi.
Farmon bilan mahalliy byudjet mablağlarini taqsimlaşda deputatlar taşabbusiga ham kengroq örin ajratildi. Xususan, 2028 yil uçun mahalliy byudjet loyihasini şakllantirişda byudjet xarajatlarining 3 foizdan 5 foizgaça bölgan qismi hudud toifasidan kelib çiqib, bevosita deputatlar taşabbusi asosida yönaltiriladi.
Deputatlarning byudjet taşabbuslari kelgusi yil uçun byudjet sörovini şakllantiriş muddatidan kamida bir oy oldin tayyorlanadi. Bundan taşqari, 2026 yil 1 dekabrdan boşlab xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari yuridik xizmat körsatiş markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi.
2027 yil 1 yanvardan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy Kengaşlari sessiyalarida fuqarolarning kuzatuvçi sifatida iştirok etişi amaliyoti joriy etiladi. Bunda ular sessiya işiga aralaşiş huquqiga ega bölmaydi.
Farmonda mahalliy Kengaş deputatlarining hududdagi korxona, muassasa va taşkilotlarga kiriş huquqi ham belgilangan. Unga köra, deputatlarning tegişli viloyat, tuman va şahar hududida joylaşgan taşkilotlarga moneliksiz kiriş huquqi ularning qaysi darajadagi Kengaş deputati ekanidan kelib çiqib amal qiladi.
Şu bilan birga, mahalliy Kengaşlarga öz qarorlarida belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajarmagan yoki belgilangan tartibda hisobot taqdim etmagan mansabdor şaxslar yuzasidan yuqori turuvçi organlarga taqdimnoma kiritiş vakolati beriladi.
Bunday taqdimnomalarda mansabdor şaxsning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki uni intizomiy javobgarlikka tortiş masalasi kötarilişi mumkin. Yuqori turuvçi organlar uşbu taqdimnomalarni majburiy tartibda körib çiqişi belgilangan.
Live
Barchasi