Toshkentda suv narxi 3,5 barobarga oshyapti
Jamiyat
−
25 noyabr 2023 16616 1 daqiqa
Toshkent shahrida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarining yangi narxlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Aholi, byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 1 kubometr ichimlik suvi narxi 3,5 baravarga oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga ko‘ra, bir metr kub suv narxi tariflari quyidagicha etib belgilandi:
• Aholi uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1 000 so‘m (amalda 350 so‘m);
• Ulgurji iste’molchilari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);
• Byudjet tashkilotlari uchun ichimlik suvi 1 400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi 1000 so‘m (amalda 350 so‘m);
• Yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3 000 so‘m (amalda 1000 so‘m), oqova suv narxi 2 200 so‘m (amalda 820 so‘m).
Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun o‘tgach kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputatlar kengashi muhokamasida Toshkent shahrida ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi mumkinligi aytilgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr