Yaponiyalik deputatlar Toshkentga keldi

Jamiyat

image

Shu yilning 4 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputatlari Fumiaki Kobayashi, Yasutaka Nakasone, Taro Honda va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi Demokratik siyosat tadqiqot instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Yaqin parlamentlararo aloqalarning ko‘p qirrali O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini kengaytirish, turli sohalarda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi muhim roli e’tirof yetildi.

Yaponiya Parlamenti delegatsiyasining tashrifi dasturidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Vazirlar Mahkamasida muzokaralar o‘tkazish, Navoiy IES va “Navoiyzot” AJ zavodini borib ko‘rish hamda Samarqand shahridagi o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

deputatlar yapon

Baholaganlar

3

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing