Turkiya parlamentida depututlar yana mushtlashib ketdi

Olam

image

Kecha, 23 yanvar kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh majlisida deputatlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.

Bir-birini haqorat qilishdan mushtlashuvgacha yetib borgan mojaro ortidan Bosh majlis majlisi vaqtincha to‘xtatilgan. Voqea Turkiya Buyuk Millat Majlisida “Ayrim qonunlar va 375-sonli farmonga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida sodir bo‘lgan. Bahs minbar oldida keskinlashib, itarishuv va mushtlashuvga aylangan. Shundan so‘ng majlisga tanaffus e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, mushtalshuvga sabab bo‘lgan qonun loyihasi pensiyalarni oshirish haqida bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Bosh assambleyasida 2026 yil byudjeti va 2024 yil yakuniy hisob to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha ovoz berish jarayonida deputatlar o‘rtasida mushtlashuv yuz bergandi. Janjal Respublika Xalq partiyasi fraksiyasi raisi o‘rinbosari Murat Emirning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Mustafo Varankka tashlanishi bilan boshlangan. Mojaro qisqa vaqt ichida ommaviy mushtlashuvga aylanib, unda har ikki partiyaga mansub boshqa deputatlar ham ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Turkiya deputatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing