Mahallalar o‘zidagi sog‘lom turmushiga qarab pul mukofoti bilan taqdirlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoniga ko‘ra, har chorakda har bir tuman va shaharda “Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovi tashkil etiladi. Ushbu tanlov g‘oliblari 3 mln. so‘mdan 10 mln. so‘mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalla aholisi doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etilishi, sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya etilishi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, o‘tkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallanish darajasi pasayib borishi ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi.

“Sog‘lom turmush tarzi rivojlangan mahalla” tanlovida birinchi o‘rinni egallagan mahallaga 10 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 5 million so‘m va uchinchi o‘ringa 3 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Aniqlik kiritilishicha, pul mukofoti mablag‘lari mahalla fuqarolar yig‘inlarining tijorat bankida ochilgan hisobraqamiga o‘tkaziladi.

“Bu pullar mahallada sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini o‘tkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yo‘naltiriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

farmon mahalla

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing