Mahallalar eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, tashqi bozor talablari asosida mahallalar eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

“Tomorqa xizmati” MCHJlar mahallalarga biriktirilgan holda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida urug‘lar, ko‘chatlar va boshqa zarur moddiy resurslar yetkazib beriladi.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari “Tomorqa xizmati” MCHJlar tomonidan belgilangan tartibda sotib olinadi, ularning eksport qilinishi tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarning realizatsiya va eksport qilinishida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. 

Shuningdek, ushbu ekinlarni ekish, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan tomorqa yer egalari, shuningdek ish bilan band bo‘lmagan aholining ro‘yxati shakllantiriladi, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli choralar belgilanadi.

Tomorqadan samarasiz foydalangan tomorqa yer egalariga ko‘maklashuvchi tashabbuskor fermer xo‘jaliklari biriktiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori Qishloq xo'jaligi mahsulotlari

Baholaganlar

39

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing