Myanmadagi zilzila sababi aytildi

Olam

image

Geofiziklar Myanmada uch mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan kuchli zilzila mamlakatning geologik joylashuvi natijasi ekanligini aniqladi. Bu haqda mintaqada yer qobig‘ining tuzilishini o‘rgangan mutaxassislar ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, zilzilalar Myanma Birma va Zond plitalari orasidan o‘tadigan eng yirik tektonik yoriqlardan biri bo‘lgan Sagaing yorig‘i bo‘ylab joylashgan hududda sodir bo‘lgan. Aynan u orqali Hindiston plitasi va Myanmaning g‘arbiy qismi Janubi-Sharqiy Osiyoning qolgan qismiga nisbatan shimolga siljigan.

Zilzila paytida, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, uzunligi taxminan 400 kilometr bo‘lgan yangi yoriq paydo bo‘lgan. 

“Yuqoriroq magnituda bilan vayronagarchilik ko‘lami yanada jiddiyroq bo‘lishi mumkin edi”, deyiladi xabarda. 

Mutaxassislar yer osti silkinishlari kuchini tovushdan tez samolyotning uchib o‘tish effekti bilan taqqoslagan. 7,7 magnituda Sagaing yorig‘ining taxminan 200 kilometrlik qismini vayron qilgan, seysmik to‘lqinlar epitsentrdan 1000 kilometrdan ortiq masofada ham sezilgan.

Tadqiqotlar, shuningdek, zilzila o‘chog‘i atigi 10 kilometr chuqurlikda joylashganini ko‘rsatgan, bu esa bunday halokatli oqibatlarni kuchaytirib yuborgan. 

Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Myanmada kuchli zilzila yuz bergandi. AQSH geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning magnitudasi 7,7 ni tashkil qilgan. 7,7 magnitudali dastlabki zilziladan so‘ng, 6,4 magnitudali kuchli takroriy silkinish ham qayd etilgan. Shundan keyin Myanma favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Tez orada Tailand poytaxti Bangkok ham favqulodda zona deb e’lon qilindi. Seysmik xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, Janubi-Sharqiy Osiyoda birinchi kuchli zilziladan so‘ng 37 ta takroriy silkinish qayd etilgan.

30 mart kuni Myanma rasmiylari 1644 kishi halok bo‘lgani, 3408 kishi jarohatlangani haqida ma’lum qilgan edi. Keyinchalik qurbonlar soni 2719 kishiga yetdi, yana 4512 kishi jarohat oldi.  

Myanma Bosh vaziri Min Aung Xlayn vayronkor zilziladan so‘ng mamlakatda milliy motam e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila M'yanma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing