“Lo‘lilar qiroli” operatsiya qilindi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Tayson Fyuri (32-0) amayerikalik Deontey Uaylder (45-2) ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, ikkala tirsagi operatsiya qilish uchun shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda britaniyalik bokschining otasi va murabbiyi Jon Fyuri “Boxing scene” nashriga ma’lum qildi.

“To‘g‘risini aytsam, bu boks emas. Tayson bu jangda jiddiy jarohat olgan edi. Uning ikkala tirsagida kuchli og‘riq bo‘ldi va uni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. Shundan so‘ng, u shifoxonada kun bo‘yi olti soat davomida tirsagini operatsiya qildirdi. Menimcha, uning tirsak suyagida jarohat bor edi. Bu ayniqsa, bokschilar uchun odatiy holdir”, deydi Jon Fyuri.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyurining promouteri Bob Arum mijozining 2022 yil mart oyida ringga qaytishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning oktyabr oyida nufuzli “The Ring” nashri vazn toifasidan qat’i nazar, dunyoning eng yaxshi bokschilarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Biroq Deontey Uaylderni nokautga uchratgan WBC va “The Ring” kamari sohibi Tayson Fyuri P4P reytingiga kiritilmagan.

Unga ko‘ra, super o‘rta vaznda WBA, WBC, WBO va The Ring chempionlik kamari sohibi Saul Alvares birinchi pog‘onada qayd etilgan, ikkinchi o‘rinda versiyalari bo‘yicha super og‘ir toifada WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Aleksandr Usik joylashgan. Yaponiyalik Naoya Inoue esa uchinchi o‘rinda qayd etilgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

WBC Deontey Uaylder Tayson F'yuri Prof boks The Ring

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing