“Lo‘lilar qiroli” faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
16 noyabr 2021
3970Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri (32-0) faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda uning otasi Jon Fyuri ma’lum qildi.
Uning fikricha, Jahon chempioni o‘zi istagan barcha natijaga erishgan va buni isbotlash uchun boshqa raqib qolmagan.
“Endi Tayson uzoq va munosib dam olishi kerak. Bundan so‘ng, nima bo‘lishi faqat unga bog‘liq. Men o‘g‘limga faoliyatini yakunlashni maslahat berdim. U isbotlashi mumkin bo‘lgan hech narsa yo‘q. “Lo‘lilar qirolining” bankdagi hisob raqamida bir necha millionlari bor va kelajagi kafolatlangan. U o‘zi xohlaganini qiladi”, deydi Jon Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyurining promouteri Bob Arum mijozi 2022 yilning mart oyida ringga qaytishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, WBC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni hisoblangan Tayson Fyuri joriy yilning oktyabr oyida amerikalik Deontey Uaylder (45-2) ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, ikkala tirsagini operatsiya qilish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.
LiveBarchasi