“Lo‘lilar qiroli” asr jangida Joshuani nokautga uchratishga va’da berdi

Sport

image

Superog‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) WVA, IBF, WBO va IBO kamari sohibi Entoni Joshuaga (24-1, 22 KO) qarshi jangdagi imkoniyatlarini baholadi.

“Joshua shamni ham puflab o‘chira olmaydi-ku, “lo‘lilar qiroli” bilan jangda unga nimalar bo‘lishini esa tasavvur qilavering. Menga o‘xshagan odam bilan jang qilishga uning jasorati yetmaydi”, deydi Fyuri.

Tayson Fyuri, shuningdek, Entoni Joshuani mag‘lub etish va uning promouteri Eddi Xirn haqida ham gapirib o‘tdi: 

“AJ bilan mening farqim shundaki, u biznesmen, men esa haqiqiy spartalik jangchiman. Bu haqida uning promouteri Eddi Xirnga ham aytganman. Men bu bodibilderni butunlay yo‘q qila olman. Va’da berib aytamanki jang 6-raunddan uyog‘iga o‘tmaydi. Shuning uchun Xirn oxirgi o‘n yil davomida mijozlarini mendan olib qochdi”.

Eslatib o‘tamiz, Fyuri navbatdagi jangini joriy yilning 9 oktyabr kuni Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Tayson F'yuri Entoni Joshua IBF WBO IBO

Baholaganlar

412

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing