Lukashenkoni hibsga olishga order berilishi mumkin

Olam

image

Yevroparlament deputatlari Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoni hibsga olish uchun order berishga chaqirdi. Bu haqda Yevropa parlamentining rasmiy sahifasida e’lon qilingan hisobotda so‘z boradi.

Qayd etilishicha, parlament deputatlari Ukrainaga yetkazilgan zarar va sodir etilgan jinoyatlar, jumladan, Lukashenko rejimining bolalarni noqonuniy ko‘chirishdagi roli uchun bevosita aybdor deb hisoblagan. Shuning uchun ham Yevropa Ittifoqi institutlari va a’zo davlatlarni “insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid uchun javobgar bo‘lgan” Belarus harbiy va siyosiy rahbariyatini jinoiy javobgarlikka tortish uchun xalqaro darajadagi barcha zaruriy choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Belarus va Rossiya fuqarolaridan iborat sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirishni ham rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro jinoiy sud tomonidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bola huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belovani Ukraina urushidagi bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish ayblovi bo‘yicha hibsga olish uchun order berilgandi. Bunday holatda Putin Rim kelishuvini imzolagan davlatlarga borgan taqdirda qamoqqa olinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko order Xalqaro jinoiy sud hibsga olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing