Lukashenkoga qarshi namoyishlar sabab Belarus quyi pog‘onaga tushib qoldi

Olam

image

Numbeo'ning xavfsiz mamlakatlar reytingida Belarus eng quyi o‘rinlardan joy oldi. 

2020 yil boshida Belarus 129 ta davlat orasida 16-o‘rinni egallab, Xorvatiya va Daniya o‘rtasida joylashgan edi. 

Joriy 2021 yil boshida esa respublika 135 ta mamlakat orasida 114-o‘ringa tushib ketib, hozirda Dominikan Respublikasi va Keniya o‘rtasida joylashgan. 

Reytingda Qatar peshqadamlik qilmoqda, oxirgi o‘rinda Venesuela qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Numbeo xizmati turli mamlakatlarda hayot darajasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘playdi. 

Jinoyatchilik va xavfsizlik indeksi sayt foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangan.

Ma’lumot uchun, Belarusda qariyb yarim yildan buyon 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalariga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. 

Saylovlarda prezidentlik lavozimida 1994 yildan buyon ishlab kelayotgan amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘olib deb e’lon qilindi. 

Muxolifat esa saylov natijalarini soxtalashtirilgan deb hisoblamoqda. Namoyishchilar Lukashenkoning iste’fosini, siyosiy mahbuslarning ozod qilinishini va yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing