Lukashenko Zelenskiy va Bayden Minskka kelsa, ularning xavfsizligiga kafolat berdi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko AQSH Prezidenti Jo Baydenni Minskka taklif qilib, bu yerda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil etishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, u Zelenskiyni ham Minskka taklif qildi.  

“Hatto, Putin Minskka uchib keladi va biz uchovimiz shu yerda uchrashamiz: ikki “tajovuzkor” va “tinchlikni sevuvchi” Prezident. Nega? Urushni tugatish uchun! Mana, sizning huzuringizda biz uchalamiz – Vladimir Vladimirovich Putin bu yerga kelishiga kafolat beraman – o‘tirib, butun muammoni hal qilamiz. Biz bu yerda barcha muammolarni yechamiz”, deydi Lukashenko kecha, 16 fevral kuni xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda.  

Belarus humkdori Minskda Baydenga “to‘liq xavfsizlik va qulaylik” taqdim etishga tayyorligini bildirdi. 

“Eng muhimi, u bu yerdan mamnun holda uchib ketadi. Ko‘ramiz, u qanday kelarkin”, deydi Lukashenko. 

Uning fikricha, Amerika Prezidenti uning taklifiga javob qaytarmaydi, ammo bu taklif urushni tugatish va odamlarni o‘ldirmaslikka arziydi.  

“U (AQSH Prezidenti) Polshada qoladi, chunki Polsha Yevropaning giyena (mushuklar turkumiga mansub yirtqich sutemizuvchi)si va bugungi kunda, birinchi navbatda, u Ukrainadagi urushni kuchaytirishda eng faol rol o‘ynaydi. U amerikaliklarga qaraganda ko‘proq qichqiradi”, deydi Belarus rezidenti. 

Lukashenkoga ko‘ra, agar AQSH rahbariyati yuqori darajadagi tinchlik muzokaralariga rozi bo‘lsa, Belarus va Rossiya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Minskka xavfsiz parvozini ta’minlaydi.  

“Agar Bayden xohlasa, Zelenskiy uchib keladi. Ruslar va men uning Belarusga muammosiz parvozini ta’minlaymiz. 40 daqiqada u shu yerda bo‘ladi”, deydi Lukashenko. 

AQSH Prezidenti 20-22 fevral kunlari Polshaga tashrif buyuradi, u hamkasbi Anjey Duda va “Buxarest to‘qqizligi” mamlakatlari (Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya va Estoniya) rahbarlari bilan uchrashadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing