Lukashenko yettinchi muddatga qayta saylanmoqchi
Olam
−
24 Oktabr
2982Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bo‘lajak saylovlarda yangi muddatga qayta saylanmoqchi. U o‘z qarorini Qozondagi BRICS sammitida rossiyalik teleboshlovchi Olga Skabeyevaga ma’lum qildi.
Jurnalist Lukashenkodan bo‘lajak saylovlarga qatnashish-qatnashmasligini so‘ragan.
“Ha, Olya, men qatnashaman!” degan Aleksandr Lukashenko.
Ma’lumot uchun, Lukashenko 30 yildan beri hokimiyat tepasida. Uning oltinchi muddati tugayapti. U saylovlarni o‘g‘irlash, yangicha dunyoqarashni yo‘qotish va demokratiyani parchalashda ayblangan. Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSH uni Belarusning qonuniy rahbari sifatida tan olmaydi. Belarusda so‘nggi saylovlar 2020 yilda bo‘lib o‘tdi, Aleksandr Lukashenko birinchi turda 80,1 foiz ovoz olgan. Natijalar e’lon qilinganidan keyin bir necha oy davomida mamlakatda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Belarus parlamentining quyi palatasi navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025 yilning 26 yanvarida bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Joriy yilning avgust oyida Lukashenko fuqarolarni mamlakatda yangi rahbar bo‘lishiga “ko‘nikishga” chaqirdi. Shu bilan birga, u belaruslarni “ertaga yoki indinga” tashlab ketmasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi