Belarusda nima gaplar? Lukashenko yana qurol bilan ko‘rinish berdi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z qarorgohida yana qurol va zirhli nimchada ko‘rinish berdi. Prezident Matbuot kotibi Nataya Eysmontning RIA Novostiga yo‘llagan suratida u qarorgohi – Mustaqillik saroyidan qurol ko‘tarib chiqayotanini ko‘rish mumkin.

Bugun, 30 avgustda ham, surat Minskdagi namoyishchilar Prezident qarorgohi oldiga kelib bo‘lgan vaqtda olingan.

Bundan tashqari, Mustaqillik saroyi qurolli askarlar va BTRlar bilan o‘rab olingan. Rezidensiyada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Ichki ishlar vazirligi namoyishda qancha odam ishtirok etganini ma’lum qilmadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 125 kishi hibsga olingan.

Belarus Prezidenti qarorgohida ikkinchi marta qurol ko‘tarib, ommaga ko‘rinish beryapti. U o‘tgan haftada ham qarorgohi oldida to‘plangan namoyishchilar qarshisida qurol bilan paydo bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 80,1 foiz ovoz to‘plagan amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi.

Minsk va boshqa shaharlarda Lukashenko va saylov natijalariga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Shundan beri har kuni Prezidentdan norozi odamlar namoyishga chiqyapti. Belarusda namoyishlar ortiqcha to‘s-to‘palonlarsiz bo‘lyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing