Lukashenko vakolatlarini saxiylarcha taqsimlamoqchi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Konstitutsiyani buzmasdan vakolatlarining 70-80 foizini parlament, Hukumat va boshqa tuzilmalarga berishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda BelTA xabar berdi.

“Xalq, jamiyat o‘zgarishlarni xohlayapti. Biz yaqinda parlament rahbariyati bilan kelishib oldik: prezident vakolatlarining 70−80 foizini parlament, Hukumat, boshqa tuzilmalarga o‘tkazish uchun Konstitutsiyani buzish shart emas”, degan Lukashenko yig‘ilishda.

U Prezidentga yuzlab varoqda olib kirilgan takliflar Hukumat va parlament "kengliklarda yotganini" ta’kidlagan.

“Ularni madaniy jamiyatlardagidek hal qiling: Hukumat barcha vaziyatni inobatga olib, byudjetdagi “teshik”larni ko‘rib, shu masalalarni ishlab chiqsin. Uni parlamentda muhokama qiling va imzolash uchun Prezidentga olib keling. Aytdimku, men sizlarni eshitishga tayyorman, lekin qarorni sizlar qabul qilasizlar”, degan Lukashenko.

O‘tgan haftada Lukashenko 2021 yilgacha vakolatlarini bo‘lishishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, saylovdan bir necha kun o‘tib Litvaga ketgan muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya namoyishlarni faol qo‘llab kelmoqda. Joriy yilning 13 oktyabr kuni Tixanovskaya Lukashenkogo nisbatan "ultimatum" e’lon qildi. Uning muddati 26 oktyabrga kelib tugadi va Minskda yana namoyishlar boshlandi.

Muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya endilikda Prezident Aleksandr Lukashenko va uning tarafdorlari rejimini jazolash uchun xalq tribunali tuzilganini va 20 dekabr kuni xalq ayblovi bilan eng katta yurish o‘tkazilishini ma’lum qilgan


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing