Lukashenko va yana 29 amaldor Litva, Latviya, Estoniyaga kirishi taqiqlandi
Olam
−
31 avgust 2020
7160Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko va yana 29 nafar rasmiylarning Latviya, Litva va Estoniyaga kelishi taqiqlandi. Bu haqda Latviya Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs o‘zining Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Latviya 30 nafar Belarus fuqarosining jumladan, Aleksandr Lukashenkoning kirishini taqiqladi. Ular prezidentlik saylovidagi qalloblik va Belarusdagi tinch namoyishchilarga kuch ishlatganlik uchun javobgar. Biz mustaqil va demokratik Belarusni va uning fuqarolarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan u.
Estoniya TIV bayonotiga Litva va Estoniya ham qo‘shilgan.
Ryo‘xatga Lukashenkodan keyin uning o‘g‘li Viktor joy olgan. Shuningdek, Belarus Prezidenti administratsiyasi, markaziy saylov komissiyasi, IIV va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, Tergov qo‘mitasi, Xavfsizlik kengashi, Davlat nazorati qo‘mitasi va Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi rahbarlari ham ro‘yxatga kiritilgan.
Kecha, 30 avgust kuni Boltiqbo‘yining qator davlatlari, jumladan Latviya, Estoniya va Litva Belarus rasmiylariga qarshi sanksiya joriy qilishi ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq, Lukashenko o‘z qarorgohida yana qurollangan holda ko‘rinish berdi. Uning saroyi esa harbiylar himoyasiga olingandi.
LiveBarchasi