Lukashenko O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
20 iyun 2022
12999Joriy yilning sentyabr oyida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni mamlakat Bosh vaziri Roman Golovchenko O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi "Sputnik".
Tashrif davomida Aleksandr Lukashenko 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, Belarus Prezidenti Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan ham ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham sentyabr oyida Samarqandga keladi.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur sammit Eron 2021 yil sentyabrida tashkilotga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilganidan beri birinchisidir.
Unda SHHTga a’zo davlatlar, xususan, O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron. Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.
Sammitda tashkilotga a’zo ko‘plab davlatlar bilan umumiy chegaraga ega Afg‘onistondagi vaziyat har tomonlama muhokama qilinadi va muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
LiveBarchasi