Lukashenko o‘g‘lini siyosiy voris sifatida ko‘rmasligini aytdi
Olam
−
08 avgust 3064 2 daqiqa
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kenja o‘g‘li Nikolay Lukashenkoni katta siyosatda ko‘rmasligini aytdi. Bu haqda u “Time” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Yo‘q, u voris emas. Bu haqda so‘ramoqchi ekaningizni bilardim. Yo‘q, yo‘q. Siz mendan emas, undan so‘rang, bu bilan uni xafa qilishingiz mumkin”, degan Lukashenko.
Uning ta’kidlashicha, o‘g‘li Nikolay “biroz muxolifatchi”, garchi u uning harakatlarini qo‘llab-quvvatlasa ham, “hamma narsani tushunadi”.
Lukashenko joriy yilning iyul oyida o‘g‘li Nikolay Lukashenkoga yana maxsus stipendiya tayinlagandi. Lukashenko ushbu farmonga 2025 yil 15 iyulda imzo chekkan, unda iqtidorli o‘quvchilar va talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus Prezident jamg‘armasi qarori tasdiqlangan.
Imzolangan hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, 2024/25 o‘quv yilining ikkinchi semestrida Belarus davlat universitetining 3-bosqich talabasi Nikolay Lukashenkoga taxminan 229 Belarus rubli (885 ming 744 so‘m) miqdorida stipendiya tayinlangan.
O‘tgan yilning noyabrida Nikolay Lukashenko o‘zini otasining mutlaq nusxasi deb atagandi. U turli mavzularda xolis fikr shakllantirish uchun turli ma’lumotlar manbalarini o‘qib borishini aytgandi va biror narsaga ishonchi komil bo‘lsa, hech qachon jim turmasligini ta’kidlagandi. 2025 yilning yanvar oyida Aleksandr Lukashenko uning farzandlari hatto dahshatli tushlarida ham o‘zlarini prezident sifatida tasavvur qilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning bo‘lajak rahbarlarining kadrlar zaxirasi uning ikki o‘g‘li emas, balki “hozirgi hokimlar, amaldagi vazirlar, parlament palatalari rahbarlari, yuqori lavozimli amaldorlar”dan iborat.
Intervyuda Lukashenko mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatida emasligini ham aytdi.
O‘tgan yilning avgustida Lukashenko mamlakat aholisi boshqa odam prezident bo‘lishiga tayyor turishi kerakligini aytgandi. Ammo joriy yilning 3 fevral kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, respublikaning amaldagi rahbari Lukashenko 86,82 foiz natija bilan g‘alaba qozongan. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida ishtirok etganlar umumiy saylovchilarning 85,69 foizini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning fevral oyida Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor Lukashenko Olimpiya assambleyasi tomonidan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimiga saylangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr