Lukashenko o‘g‘liga yana maxsus stipendiya tayinladi
Olam
−
19 iyul 7446 2 daqiqa
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning qarori bilan uning o‘g‘li Nikolay Lukashenko yana maxsus stipendiya oldi. Bu haqda “Reformation” xabar berdi.
Lukashenko ushbu farmonga 2025 yil 15 iyulda imzo chekkan, unda iqtidorli o‘quvchilar va talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus Prezident jamg‘armasi qarori tasdiqlangan.
Imzolangan hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, 2024/25 o‘quv yilining ikkinchi semestrida Belarus davlat universitetining 3-bosqich talabasi Nikolay Lukashenkoga taxminan 229 Belarus rubli (885 ming 744 so‘m) miqdorida stipendiya tayinlangan.
Birinchi semestrda davlat rahbarining yanvar oyidagi farmoniga ko‘ra, ko‘rsatkich 221,88 Belarus rublini (858 ming 205 so‘m) tashkil qilgan. Nashrga ko‘ra, Lukashenkoning o‘g‘li universitetga o‘qishga kirganidan beri muntazam ravishda iqtidorli talabalar uchun beriladigan stipendiyani oladi.
O‘tgan yilning noyabrida Nikolay Lukashenko o‘zini otasining mutlaq nusxasi deb atagandi. U turli mavzularda xolis fikr shakllantirish uchun turli ma’lumotlar manbalarini o‘qib borishini aytgandi va biror narsaga ishonchi komil bo‘lsa, hech qachon jim turmasligini ta’kidlagandi. 2025 yilning yanvar oyida Aleksandr Lukashenko uning farzandlari hatto dahshatli tushlarida ham o‘zlarini prezident sifatida tasavvur qilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning bo‘lajak rahbarlarining kadrlar zaxirasi uning ikki o‘g‘li emas, balki “hozirgi hokimlar, amaldagi vazirlar, parlament palatalari rahbarlari, yuqori lavozimli amaldorlar”dan iborat.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning fevral oyida Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor Lukashenko Olimpiya assambleyasi tomonidan Belarus Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimiga saylangandi.
Live
Barchasi