Lukashenko Samarqandga yetib keldi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2022
5998Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashida faxriy mehmon sifatida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida Lukashenkoni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qarshi oldi.
Aleksandr Lukashenko Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti qabriga gul qo‘ydi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashish va SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.
SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev allaqachon Samarqandga yetib kelgan.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ozar-arman chegarasidagi qurolli to‘qnashuv sabab sammitda ishtirok etmasligini bildirdi.
LiveBarchasi