CNN so‘rovnomasi: Tramp Baydendan ortda qolyapti

Olam

image

AQSHda prezidentlik saylovlari o‘tkazilishiga ham tobora oz fursat qolyapti. So‘rovlarga ko‘ra, Demokratik partiya nomzodi Jozef Bayden mashhurligi bo‘yicha raqibi, amaldagi davlat rahbari Donald Trampdan 16 foizga oldinda. Bu haqda SNN telekanali xabar qildi. 

Tadqiqotga ko‘ra, agar AQSHda umumiy saylovlar hozir bo‘lib o‘tsa, respondentlarning 57 foizi Baydenga ovoz berishga tayyor. Shuningdek atigi 41 foiz so‘rovnomada qatnashganlar Trampni qo‘llab-quvvatlaydi. Respondentlarning qariyb 2 foizi siyosatchilarning hech biriga ovoz bermasligini aytgan.

Ma’lumot uchun, so‘rovnoma 1 oktyabrdan 4 oktyabrgacha o‘tkazilgan. Unda 1205 kishi ishtirok etgan. 

Ma’lumot uchun, nomzodlar o‘rtasidagi birinchi debat 29 sentyabrda o‘tkazilgandi. Unda nomzodlar bir-birlarini turli haqoratlar bilan "siylagan" edi. 

Tramp va Baydenning ikkinchi debati 15 oktyabrga ko‘chirildi. U Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan

Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Tramp Bayden

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing