Lukashenko Putinning huzuriga bordi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bugun, 12 aprel kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga bordi. Bu haqda “Belta” axborot agentligi xabar bergan. 

“Belarusning birinchi raqamli samolyoti Blagoveshensk aeroportiga qo‘ndi. O‘tish yo‘lagida Lukashenkoni Amur viloyati va Blagoveshensk rahbariyati, shuningdek, bir kun avval kelgan Belarus delegatsiyasi a’zolari kutib oldi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Lukashenko Rossiyaga tashrifi chog‘ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ular Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromiga tashrif buyuradi. 

Putin va Lukashenko kosmik majmua qurilishi bilan tanishadi, uchuvchi-kosmonavtlar va kosmodrom xodimlari bilan muloqot qiladi. Kosmodromda ular yakkama-yakka formatda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini, G‘arbning sanksiya bosimiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni, mintaqa va dunyodagi vaziyatni, Ukrainadagi voqealarni muhokama qiladi. 

Qayd etilishicha, ertaga, 13 aprel kuni Lukashenko Vladivostokda Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan uchrashadi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi Belarusning ushbu Uzoq Sharq mintaqasi bilan hamkorligi bo‘ladi. Delegatsiyalar joriy loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qiladi, xususan, asosiy e’tibor keng doiradagi savdo va Belarus bozoriga baliq mahsulotlarini yetkazib berishga qaratiladi. 

Lukashenko Russkiy oroliga ham tashrif buyurib, u yerda Primorsk o‘lkasida qator infratuzilma, ijtimoiy va madaniy loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing