Lukashenko Putindan NATOga munosib javob qaytarishni so‘radi

Olam

image

Bugun, 25 iyun kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga murojaat qilib, NATOning yadroviy qurol olib yura oladigan samolyotlarining o‘quv parvozlariga munosib javob berishni so‘radi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Bizni yadro kallaklari va yadro zaryadlarini olib yurishga o‘rgatilgan AQSH samolyotlari, NATO samolyotlarining o‘quv parvozlari masalalari juda xavotirga solmoqda. Men sizdan bu narsalarga anniq javob berish haqida o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman. Ular [NATO] yadro kallaklarini olib yurishni o‘rganyapti, iltimos, bizga hech bo‘lmaganda samolyotimizni moslashtirishga yordam bering”, deydi Lukashenko.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus “Brestdan Vladivostokgacha bo‘lgan hududni himoya qilish uchun eng jiddiy qurollardan foydalanishga tayyor bo‘lishi kerak.

Putin hozircha bunga aniq javob qaytarishda ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Putin Lukashenko

Baholaganlar

724

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing