Lukashenko oltinchi muddatga saylanadimi? Belarusda Prezident saylovi kuni ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Belarus Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina prezidentlik saylovlari sanasini e’lon qildi. Ovoz berish 9 avgust kuni o‘tkazilishi taklif qilinmoqda, dedi Yarmoshina parlamentda. Bu haqda bugun, 8 may kuni BelTA xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Belarus siyosiy rahbariyati saylov komissiyasi va Vakillar palatasi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi. “Aslida, 9 avgust kuni saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, dedi Yermoshina.

Avvalroq Belorusda prezidentlik saylovlari 30 avgustdan kechiktirmay o‘tishi kerakligi haqida xabar berilgan edi. 

Ma’lumot uchun, davlat rahbari lavozimini 1994 yildan beri Aleksandr Lukashenko egallab kelmoqda. U allaqachon oltinchi muddatga saylanish niyatida ekanligini bildirgan. Shu bilan birga, Lukashenko saylovlar halol va adolatli o‘tishini da’vo qilmoqda. Bundan tashqari, u yaqin besh yil ichida Respublikada yangi konstitutsiya paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Belarusdagi muxolifat ham prezidentlik saylovlariga nomzodini tanlash uchun zarur tadbirlarni o‘tkazishga kirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing