Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda aybladi
Olam
−
21 avgust
8889Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko ba’zi postsovet davlatlari Rossiyaga hech narsa taklif qilmasdan foyda olishga intilayotganini aytdi. Bu haqda u “Rossiya” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Rossiya va men aslida bir qayiqdamiz. Agar u ag‘darilsa, birga cho‘kib ketamiz. Ittifoqchilik munosabatlarimizni yashirishning hojati yo‘q. Biz o‘zimizni hech narsa bermasdan Rossiyadan olib ketmoqchi bo‘lgan ba’zi boshqa davlatlar kabi tutmaymiz. Qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladigan vaqt uzoq emas. Inqiroz yuz bergan taqdirda, xuddi Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, hamma Putinga yordam so‘rab murojaat qiladi. Biz esa (KHSHT) tezda javob qaytardik, u yerga kuch yubordik va tartibsizliklarni tinchitdik”, deydi Lukashenko.
U favqulodda vaziyatlarda MDH davlatlari yana Rossiya va Belarusdan yordam so‘rab murojaat qilishiga ishonch bildirdi. Lukashenko postsovet hududida iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish muhimligini ham ta’kidlagan.
Lukashenkoga ko‘ra, Amerika yoki Yevropa Ittifoqi Qozog‘iston va O‘zbekiston tovarlarini kutmayapti. Ular o‘z tovarlarini Rossiyaga sotmoqchi. Shuningdek, mavjud umumiy bozorni yo‘qotish maqsadga muvofiq emas.
Bundan tashqari, u Armanistondagi vaziyatga izoh berib, mamlakat MDH davlatlaridan tashqari hech kimga kerak emasligini, iqtisodiyotini rivojlantirib, resurslariga e’tibor qaratishi zarurligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Lukashenko postsovet makoni qiyin davrni boshdan kechirayotganini aytgan edi.
LiveBarchasi