Lukashenko “katta og‘asi” bilan nimalarga kelishib oldi?
Olam
−
10 may 2021 5210 1 daqiqa
Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko kecha, 9 may kuni telefon orqali suhbatlashdi.
Suhbat chog‘ida ular tez orada uchrashishga kelishib olgan.
"Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin Belarus va Rossiya Federatsiyasining ichki holati to‘g‘risida ham fikr almashdi. Prezidentlar yaqin kunlarda uchrashishga va mamlakatlar oldida turgan mavjud muammolarni muhokama qilishga kelishib oldi", deyilgan xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, davlatlar rahbarlari suhbat davomida Ukraina hududidagi vaziyatga, shuningdek, ushbu mamlakatning NATO bilan yaqin hamkorlik qilishga intilishiga to‘xtalib o‘tgan.
Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko keyingi oylarda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvalini ham muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin so‘nggi bor joriy yil aprel oyining oxirlarida uchrashgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr