Lukashenko qachon Ukrainaga qarshi urushga kirishini aytdi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida mamlakatning Ukraina hududidagi harbiy amaliyotda ishtirok etishi shartini aytdi. Bu haqda uning tizginidagi BelTA yozmoqda.  

“Men Belarus hududidan kelgan ruslar bilan hozircha bitta holatda jang qilishga tayyorman: agar u yerdan hech bo‘lmaganda bitta askar Belarus hududiga mening xalqimni o‘ldirish uchun kelsa, agar ular Belarusga qarshi tajovuz qilishsa, eng qattiq javob beriladi”, deydi u. 

Shu bilan birga, Belarus rahbari tinchlik muzokaralariga chaqirdi.  

“Agar siz Ukrainada tinchlik bo‘lishini istasangiz, ertadan boshlab tinchlik haqida gapiraylik. Qurollar esa o‘q otishni to‘xtatadi”, deydi Lukashenko. 

Uning fikricha, Ukraina hozir harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun eng qulay sharoitda. Shu munosabat bilan u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni uzoqni ko‘ra olmaslikda aybladi. 

“Har qanday urush tinchlik bilan tugaydi, shuning uchun uni hozir tugataylik. Hozir Ukraina uchun yanada qulay sharoitlar mavjud. Bu urushni tugating va davom eting. Va bu o‘rinda hamma Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi. Men esa birinchi bo‘laman”, deydi u Minskda xorijlik jurnalistlar bilan uchrashuvda. 

U Ukrainadagi mojaro qayerda bo‘lmasin, tinch yo‘l bilan hal etilishini xohlashini bildirgan. 

Uning fikricha, Zelenskiy uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi sifatida biroz oldinga qarashi kerak va G‘arbiy Yevropa bo‘ylab yugurib, F-16 yoki boshqa uzoq masofaga uchuvchi qiruvchi samolyotlar hamda MLRS (Amerika universal raketa uchirish moslamasi) so‘ramasligi, urushda 100-200-300 ming ukrainaliklar halok bo‘lmasligi uchun qanday qilib to‘xtash haqida o‘ylashi kerak.. 

“Zelenskiy tushunishi kerak: u prezident, bu uning mamlakati, uning davlati va mustaqil siyosat yuritishi zarur. Agar siz qila olmasangiz (Zalenskiy qila olmaydi va biz buni ko‘ramiz) boshqalar uddasidan chiqadi. Kimligini men aytaman. Bu vaziyatda balki u o‘zgaradi va boshqa odamlar muzokaralar olib boradi”, deya qo‘shimcha qildi Lukashenko. 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing