Lukashenko bundan keyin ham Rossiyaning yonida turishini aytdi

Olam

image

Belarus va Rossiya xalqlari muammolarga birgalikda javob qaytargan va bundan keyin ham javob berishda davom etadi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ta’kidlagan. 

“Muhimi shundaki, bizning muvaffaqiyatlarimiz birinchi navbatda Belarus va Rossiya xalqlari o‘z maqsadlarida birlashganligini, mustahkam birodarlik rishtalari va umumiy tarixiy xotiraga sodiq ekanini ko‘rsatadi. Ammo bizda davr oldimizga qo‘yayotgan umumiy muammolar ham bor. Biz ularga birgalikda javob berdik va bundan keyin ham javob beramiz”, degan Lukashenko. 

U ikki davlat bu muammoni yengib o‘tishiga ishonch bildirgan. 

“Ishonchim komilki, biz global ustunlikni yo‘qotayotgan va o‘zlarini jahon elitasi deb tasavvur qiladigan, bizning slavyan birligimizga dushman bo‘lgan liderlar tomonidan keskinlashayotgan vaziyatni yengib o‘tamiz. Biz bu vaziyatni yengamiz. Qiyinchiliklar rivojlanish uchun qo‘shimcha turtki bo‘ladi”, degan u. 

Avvalroq, Lukashenko Rossiya va Belarus qaysi sohalarda bir butunligini aytgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, 1999 yil 8 dekabrda Rossiya va Belarus o‘rtasida Ittifoq davlatini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Hujjatning 20 yilligiga qadar sohaning yo‘l xaritalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. Keyin Moskva va Minsk ularni ittifoq integratsiyasi dasturlariga aylantirdi. Ularning aksariyati 2025 yilgacha, ba’zilari yesa 2027 yilgacha hisoblanadi. Moskva ham, Minsk ham ittifoq dasturlarida suverenitetni yo‘qotish bilan bog‘liq siyosiy masalalar yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus'

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing