Lukashenko Putin bilan Belarusdagi noroziliklarni muhokama qildi
Olam
−
15 avgust 2020
11330Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatida davom etayotgan namoyishlar sabab yuzaga kelgan holatni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qildi. Bu haqda BelTA xabar berdi.
Bundan avval Lukashenko Belarusdagi vaziyatni Putin bilan muhokama qilishini, chunki bu noroziliklar RFga ham tahdid tug‘dirishi mumkinligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda norozilik namoyishlari prezidentlik saylovi o‘tkazilgan 9 avgustda boshlandi. Shundan beri har kuni Minsk va boshqa shaharlarda namoyishlar o‘tkazilyapti. Odamlar Lukashenkoning ketishini so‘ramoqda.
Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz, muxolif nomzod Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz yig‘gan.
Ma’lumot o‘rnida Aleksandr Lukashenko mamlakatni 26 yildan beri uzluksiz boshqarib kelyapti. U oltinchi bor mamlakat Prezidentligiga saylandi.
LiveBarchasi