Lukashenko Belarusda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradni bekor qilmoqchi emas

Olam

image

Belarus Respublikasida koronavirus xavfiga qaramay, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan harbiy parad bekor qilinmaydi. Bu haqda kecha, 3 may kuni mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.

"Biz paradni bekor qila olmaymiz. Men bu haqda uzoq o‘yladim. Albatta, bu chuqur mafkuraviy jarayondir", deydi Lukashenko.

Prezidentning ta’kidlashicha, "hech kimni ushbu tadbirga sudrab borishga hojat yo‘q". Ammo u mamlakatdagi ko‘p odamlar paradda qatnashishni xohlayotganiga amin. Umuman olganda, Lukashenko parad epidemiologlar va virusologlar nuqtai nazaridan eng xavfli voqea emasligiga ishonadi.

Shuningdek, Lukashenko COVID-19 tufayli maxsus xavfsizlik choralari zarurligini ta’kidladi. Masalan, u "keksa odamlarni ehtiyot qilish kerak" ekanini aytdi. Lekin Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, faxriylarning o‘zlari undan parad uyushtirishni iltimos qilishgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirus bilan bog‘liq 15 828 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 3 117 nafari sog‘aygan, 97 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 12 614 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi Koronavirus Belarusda Parad

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing