Lukashenko Belarusda boshqa odam prezident bo‘lishi mumkinligini aytdi (video)

Olam

image

Belaruslik Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisi boshqa odam prezident bo‘lishiga tayyor turishi kerakligini aytdi. Bu haqda u Gorodishe qishloq xo‘jaligi shaharchasi aholisi bilan suhbat chog‘ida so‘z ochdi.

Mogilev viloyati Shklovskiy tumani Gorodishe qishloq xo‘jaligi shaharchasiga tashrif buyurgan Lukashenko tez orada iste’foga chiqishi va mamlakatni boshqa shaxs boshqarishi mumkinligiga ishora qildi.

“Hammaga shuni aytmoqchimanki, sizlar kun kelib mamlakatda boshqa odam Prezident bo‘lishiga ko‘nikishingiz kerak. Men erta-indin sizni tark etaman, deb aytmayapman. Ammo hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Men ham hammangiz kabi abadiy emasligimga ko‘nikishingiz kerak”, degan u qishloq aholisi bilan suhbat chog‘ida.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u iste’foga chiqqanidan keyin qishloqlardan birida, oddiy odamlar orasida yashashni xohlaydi.

Ma’lumot uchun, 70 yoshli Aleksandr Lukashenko 1994 yil iyuldan buyon Belarusni boshqarib kelmoqda. U 5 marta bu lavozimga qayta saylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing