Lukashenko Belarus fuqarolariga “Vagner”ga a’zo bo‘lishga ruxsat berdi
Olam
−
27 iyun 2023
10975Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko mamlakat fuqarolari “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Lukashenko belarusliklar uchun Prigojinning harbiy kompaniyasiga qo‘shilish taqiqlanmasligini, biroq ular buning halokatli oqibatini tushunishi kerakligini ta’kidlagan.
"Aytgancha, bu yerda shunaqa bittasi bor. Dima. U (Yevgeniy Prigojin) menga uni tanishtirdi. U "Vagner" rahbarlaridan biri. Belaruslik, o‘zimizning sobiq harbiy. Aytishicha, u zo‘r xizmat qiladi. Biz uni o‘zimizga bog‘lab ololmaymiz. Hech kimni ushlab turolmaymiz. U yerda ko‘p pul ishlashni xohlaysizmi? Lekin siz har kuni o‘lim bilan quchoqlashib yotishingizni tushunishingiz kerak. Va boshingiz ostidagi avtomat bilan ham”, deydi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin joriy yilning 24 iyun kuni harbiy isyon uyushtirib, Moskva tomon “adolat marshi”ga chiqqandi. Shundan so‘ng Aleksandr Lukashenko u bilan muzokaraga kirishib, Prigojinni poytaxtga bormaslikka ko‘ndirdi. Ikki o‘rtada tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Prigojin Belarusga ketadigan bo‘lgandi. Keyinroq, Belarus hududida allaqachon “Vagner” bo‘linmalari uchun lagerlar qurish boshlab yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar