Lukashenko Belarus Bosh vazirini o‘zgartirdi
Olam
−
10 mart
3552Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Aleksandr Turchinni Belarus Bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Bu haqda BELTA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Belarus Konstitutsiyasiga muvofiq Bosh vazir davlat rahbari tomonidan tayinlanadi, lekin bunda Vakillar palatasining roziligi olinishi kerak.
Qayd etilishicha, hozirgi kunga qadar Aleksandr Turchin Minsk viloyati ijroiya komiteti raisi lavozimida ishlagan.
“Iqtisodchi. Siz yaxshi tashkilotchisiz. Hayot sizga iqtisodiyot haqida boshqalardan ko‘ra ko‘proq o‘rgatdi”, degan Aleksandr Lukashenko u haqida.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, yangi Bosh vazir hukumatda ishlagan va bu sohani yaxshi biladigan kishi. Avvalgi bosh vazir Roman Golovchenko esa Milliy bank tizimini boshqarishga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Genrixovich Turchin 1975 yil 2 iyulda Novogrudokda (Grodno viloyati) tug‘ilgan. 2002 yilda Belarus davlat iqtisodiyot universitetini, 2009 yilda esa Belarus Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1997 yilda Novogrudok tumanidagi “Avangard” kolxoz do‘koni direktori lavozimidan boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning sobiq Markaziy banki rahbari Mark Karni Liberal partiyaning yangi yetakchisi etib saylangani va mamlakatning navbatdagi Bosh vaziri bo‘lishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi