Lukashenko Baydenning samolyotini qiruvchilar qurshovida qo‘ndirishga va’da berdi

Olam

image
0:00
0:00
download
HAMAS qolib endi Shveysariyami? Lukashenko samolyotning favqulodda qo‘ndirilishiga ilk bor izoh berdi north_east

HAMAS qolib endi Shveysariyami? Lukashenko samolyotning favqulodda qo‘ndirilishiga ilk bor izoh berdi

Agar AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Belarus poytaxti Minskga kelsa, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Amerika yetakchisining samolyotini qiruvchilar hamrohligida qo‘ndirishga va’da berdi. Bu haqda Lukashenko mamlakat parlamenti a’zolari va hukumat vakillari bilan uchrashuvda hazilomuz ohangda aytib o‘tdi.

“Balki, tavakkal qilar. Biz lekin, uning samolyotini bemalol qo‘ndira olamiz. Bizda chiziq bor. Ikki qatorli, u ikkisidan biriga qo‘nadi”, deydi Lukashenko qarsaklar va tomoshabinlarning kulgisi ostida.

Shuningdek, u Baydenning samolyotini Polsha chegarasidan kuzatib kelish uchun uchta qiruvchini jalb qilishga va’da berdi.

“Uchta [qiruvchi samolyot] qo‘yamiz: ikkitasini [Bayden samolyotining] yon tomoniga va bittasini dumiga. Xavfsizlik uchun biz uni pastdan ham sug‘urtalashimiz mumkin”, deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va AQSH davlat rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvi joriy yilning 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu xabari ikki tomon ham taqsdiqlagan.

Uchrashuv belgilanishidan oldin, Bayden va Putin 13 aprel kuni telefon orqali muloqot qilgan. Muloqot vaqtida Bayden uchinchi davlatda Rossiya-AQSH sammitini o‘tkazish taklifini bildirgan.

Bundan avval, aniqrog‘i mart oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni “qotil”, deb bilishini aytgan edi. Bunga javoban, Putin Amerika rahbariga sog‘lik tilab, uni jonli efirdagi munozaraga taklif qildi. Bayden jamoasi esa Rossiya rahbarining ushbu tashabbusiga rad javobini bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

443

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing