Yunusoboddagi avariyada halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya yuz bergani, buning oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qurbon bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritdi. 

Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan ikki kishining jasadi olib chiqildi va ularning shaxsi aniqlandi. Ular:
1.    J.Ravshanov 1989 yilda tug‘ilgan;
2.    T.Abdullayev 1957 yilda tug‘ilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Hukumat komissiyasi tuzildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusoboddagi avariya

Baholaganlar

484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing