Los-Anjeles-2028: Boks bahslari nechta vaznda o‘tkazilishi e’lon qilindi
Sport
−
10 aprel
33072028 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahri mezbonlik qiladigan Olimpiada o‘yinlarining boks dasturida ishtirokchilar yetti vaznda g‘oliblik uchun jang qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar ham erkaklar ham 7 ta vaznda medallar uchun kurashga kirishadi.
Erkaklar: -55 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -80 kg, -90 kg, +90 kg;
Ayollar: -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, +80 kg.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bo‘lajak Olimpiada bahslarining futbol turida nechtadan jamoa bahslarda ishtirok etishi e’lon qilingandi.
LiveBarchasi