Trampga qarshi qo‘zg‘algan Los Anjelesda nimalar bo‘lyapti? (fotoreportaj)

Olam

image_2025-06-10_17-24-45

Ayni damda AQSHning Kaliforniya shtati, Los Anjeles shahrida Prezident Donald Trampning migratsiya siyosatiga nisbatan norozilik namoyishlari avjiga chiqqan. Bu endilikda faqatgina aholining Oq uyga qarshilik harakati emas, balki shtat gubernatori va Prezident o‘rtasidagi “jang”ga ham aylandi.

Namoyishlarda asosan Meksika bayrog‘i ko‘zga tashlanmoqda. Shuningdek, Salvador davlat ramzi ham uchrab turibdi. Bu esa o‘z-o‘zidan mazkur jarayonda Markaziy Amerikadan kelgan muhojirlar faol ekanini ko‘rsatadi.

Namoyishchilar ba’zi ko‘chalarni to‘sib qo‘yib, politsiya bilan ham to‘qnashgan. Huquq-tartibot organlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalangan, aholi bunga mushaklar bilan javob qaytargan.

Bu orada tarmoqlarda Los Anjelesda keskin tus olgan namoyishlarda talonchilik holatlari ham uchrayotgani, huquq-tartibot organlari buni nazorat qila olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Namoyishlarni bostirishda esa hatto jurnalistlarga ham rezinka o‘q uzilayotgan tasvirlar tarqaldi. Unda avstraliyalik muxbir jabrlanganini ko‘rish mumkin. Yuzlab namoyishchilar hibsga olingan.

Namoyishlar kuchayishi fonida Tramp ham ortga qaytish yoki yon berish haqida o‘ylamayapti. U choralarni borgan sari kuchaytiryapti. Buni AQSH Prezidenti dastlab Los Anjelesga 2000 Milliy gvardiya xodimi tashlagani, keyinchalik esa ularning sonini 4000 ga oshirganidan bilib olish qiyin emas. Hatto namoyishlarni bostirish uchun 700 nafar dengiz kuchlari piyodalari ham yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

migratsiya Kaliforniya Los Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing