Londonga uchayotgan samolyotda janjal chiqdi
Olam
−
10 aprel 2023
12957Hindistonning Dehli shahridan Londonga uchgan samolyot bortida yo‘lovchi erkak styuardessaning sochidan tortib, ekipaj a’zolari bilan mushtlashgani uchun reys kechiktirildi. Bu haqda "Hindustan Times" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Air India aviakompaniyasiga tegishli samolyot bugun, 10 aprel kuni soat 06:35 da Dehlidagi "Indira Gandi" aeroportidan parvoz qilgan. Biroq samolyot havoga ko‘tarilganidan 15 daqiqa o‘tib, bortdagi yo‘lovchilardan biri styuardessaning sochlaridan tortib, ekipaj a’zolari bilan mushtlasha boshlagan.
Aviakompaniya matbuot xizmatining ta’kidlashicha, og‘zaki va yozma ogohlantirishlarga qaramay, yo‘lovchi salon ekipaji a’zolariga jismoniy zarar etkazishda davom etgan. Oqibatda samolyot Dehliga qaytarilgan. Qoidabuzar yo‘lovchi esa xavfsizlik xodimlariga topshirilgan.
"Biz jabrlangan ekipaj a’zolariga har tomonlama yordam beramiz. Yo‘lovchilarga yetkazilgan noqulaylikdan afsusdamiz va reysni boshqa vaqtga ko‘chirdik", deyiladi xabarda.
Kechiktirilgan reys keyinroq, mahalliy vaqt bilan soat 14:24 da Londonga parvozni amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadan Goaga uchgan samolyot mast yo‘lovchi zo‘ravonlik qilgani uchun Urganchga shoshilinch qo‘ndirilgan edi.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi