Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga shoshilinch qo‘ndi

Jamiyat

image

Moskvadan Hindistonning Goa shtatiga uchayotgan samolyot joriy yilning 18 yanvar kuni kechqurun O‘zbekistonning Urganch shahriga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyotning AFL236 yo‘lovchi reysi yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan vaqtida mast holatda zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi sabab Urganch xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Bortida 356 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 777-300 samolyoti mahalliy vaqt bilan 20:29 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Zo‘ravon yo‘lovchi reysdan olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kunning o‘zidayoq havo kemasi Urganchdan manzil aeroportiga parvozini davom ettirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 yanvar kuni Samarqanddan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyot Moskvaga shoshilinch qo‘ngani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing