Samarqanddan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyot Moskvaga shoshilinch qo‘ndi
Jamiyat
−
13 yanvar 2023 9537 1 daqiqa
Bugun, 13 yanvar kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Samarqanddan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyoti noqulay ob-havo tufayli Moskvaga shoshilinch qo‘ndi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bortida 179 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot "Domodedovo" muqobil aerodromiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.
“Belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti (bo‘ron) tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Samarqand-Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha HY639 reysi Moskvaga yo‘naltirildi”, deya xabar bermoqda aviakompaniya Matbuot xizmati.
Airbus A321 samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 12:50 da Moskva aeroportiga qo‘ngani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Bangkokdan Moskvaga uchayotgan samolyot bortdagi janjal va homilador ayolning salomatligi yomonlashgani tufayli Samarqandga shoshilinch qo‘ngan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28