Londonda eronlik jurnalist pichoqlab ketildi
Olam
−
31 mart
5462Eron hukumatini uzoq vaqtdan beri tanqid qilib kelayotgan fors jurnalisti Pouriya Zeraati Londondagi uyi oldida pichoqlab ketildi. Bu haqda u faoliyat yuritgan "Iran International" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 29 mart kuni 30 yoshlar atrofidagi noma’lum erkak Zeraatining oyog‘iga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Shifoxonaga yotqizilgan jurnalistning holati hozirda barqaror ekani aytilmoqda.
London Metropoliten politsiyasining terrorizmga qarshi kurash bo‘limi rahbari Dominik Myorfining aytishicha, rasmiylar Zeraatiy faoliyat yurituvchi nashrga qarshi yo‘naltirilgan ko‘plab tahdidlar va hujum bilan bog‘liq barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqmoqda. Tergov ishlari boshlab yuborilgan.
Politsiya bayonotida so‘nggi ikki yil ichida Buyuk Britaniyada eronliklarga qarshi ko‘plab o‘g‘irlash va suiqasdga urinishlarga urg‘u berilgan. Fors tilidagi yoki Eronga aloqador ommaviy axborot vositalariga xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatilayotgan yordam ham qayd etilgan.
Qotillikka urinish ayblovi bilan uch kishi gumonlanmoqda, biroq ularning shaxsi hali aniqlanmagan. Jurnalistning eslashi bo‘yicha, bir kishi u bilan gaplashmoqchi bo‘lganida, ikkinchisi orqasidan pichoq urgan. Shundan so‘ng ikki gumonlanuvchi taksiga o‘tirib qochib ketgan, haydovchi uchinchi gumonlanuvchi ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eronda “nomaqbul” hijob kiygani sabab hibsga olingan va qamoqxonada vafot etgan 22 yoshli Mahsa Amini haqida yozgan maqolasi sabab 2023 yilda Nilufar Hamdiy va Elax Muhammadiy ismli jurnalistlar qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15