Londonda bachadonsiz ayol ona bo‘ldi

Olam

image

Buyuk Britaniyada allaqachon hayotdan ko‘z yumgan ayol donor bachadoni transplantatsiyasi orqali ilk marta sog‘lom chaqaloq dunyoga keldi. Bachadonsiz tug‘ilgan Greys Bell 2025 yil dekabrida Londondagi “Queen Charlotte’s and Chelsea Hospital”da kesarcha usulida o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Bu mamlakatdagi ikkinchi, marhuma donor orqali esa birinchi muvaffaqiyatli tug‘ilish hisoblanadi. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Operatsiya mamlakatdagi maxsus ilmiy dastur doirasida amalga oshirilgan. Jarrohlikdan keyin Bell sun’iy urug‘lantirish jarayonidan o‘tgan va homiladorlik davrida doimiy tibbiy nazorat ostida bo‘lgan.

Loyiha rahbarlari bu voqeani “ulkan bosqich” deb atab, bachadonsiz ayollar uchun ona bo‘lish imkoniyati yanada kengayganini ta’kidlagan. Mutaxassislar fikricha, bu usul farzand asrab olish yoki surrogatlikka qo‘shimcha ravishda yangi imkoniyat yaratadi.

Greys Bell esa donor oilasiga minnatdorlik bildirib, bu ehson tufayli orzusi ushalganini aytgan. Kelajakda bunday tibbiy imkoniyatlar yanada ommalashishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya transplantatsiyasi Bachadonsiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing