Lomachenko Kommiga qarshi jang haqida gapirdi

Sport

image

Uch yo‘nalish bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (15-2) yengil vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Richard Kommi (30-3) bilan bo‘lajak jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Richard Kommi kuchli va juda tajribali bokschi. Bu men uchun qiziqarli chaqiruv. Muxlislar jangni intiqlik bilan kutayotganini yaxshi bilaman. Men bahsga 100 foiz tayyorman va ortiq kuta olmayman. “Madison Square Garden” men uchun ikkinchi uyga o‘xshaydi. Faoliyatimdagi ko‘plab ajoyib daqiqalar u yerda bo‘lgan. Yengil vazndagi eng yaxshi jangchiman, deb aytmoqchi emasman. Bu muxlislar uchun savol. Har doim o‘z mahoratimni namoyish etishga harakat qilaman”, deydi Lomachenko.

Shuningdek, Loma kelajakdagi rejalari va chempionlik jangi haqida aytib o‘tdi:

“Kelajagimga kelsak, bu haqda Kommi bilan jangdan keyin gaplashishimiz mumkin. Albatta, Kambosos – men mushtlashmoqchi bo‘lgan raqib. U yangi chempion va Lopesga qarshi bahsda ajoyib ish qildi. Hozir bor e’tiborimni Kommiga qaratganman. Richard bizning divizionimizdagi eng xavfli jangchilardan biri, endi u mening yo‘limda turibdi”.

Ma’lumot uchun, Lomachenko va Kommi o‘rtasidagi jang joriy yilning 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Prof boks Vasiliy Lomachenko Lopes Kombosos Richard Kommi

Baholaganlar

3

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing