“Lokomotiv”ning sobiq raisi qotillikda aybini tan oldi

Sport

image

Joriy yilning 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisisida Moskvaning “Lokomotiv” klubi direktorlar kengashining sobiq raisi Sergey Lipatov buyurtma asosida odam o‘ldirishda aybini tan oldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.  

“Ha, men aybimni to‘liq tan olaman”, dedi sudlanuvchi sudyaning savoliga javoban.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Ichki ishlar vazirligining sobiq xodimi Aleksey Chebotaryov, sobiq harbiy xizmatchi Pavel Xristev, Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy boshqarmaning 5-bo‘limi sobiq xodimi Leonid Rakogon hamda Oleg Mixalev bilan birgalikda harakat qilgan. Tergovchilarning fikricha, ushbu shaxslarning barchasi “Inyurkonsalt” yuridik firmasi direktori va Rossiya temir yo‘llari vazirligi rahbarining maslahatchisi Aleksandr Fominovning o‘ldirilishi uchun Sergey Lipatovdan pul mukofoti olgan.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” Rossiya Premer-ligasining (RPL) joriy mavsumida 37 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinda bormoqda. Turnir jadvalida “Krasnodar” 40 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Lokomotiv” odam o'ldirish Sergey Lipatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing