“Liverpul” Ispaniyadan futbolchi olib kelmoqchi

Sport

image

“Liverpul” “Vilyarreal” hujumchisi Arno Gruneveldni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Mersisaydliklar rahbariyati joriy yil yozgi transfer oynasidayoq Gruneveldni xarid qilmoqchi edi, ammo “Vilyarreal” futbolchi uchun kurashda g‘alaba qozondi. Shunga qaramay “Liverpul” Gollandiya terma jamoasi futbolchisi borasidagi rejalaridan voz kechmagan.

Arno joriy yil yozda “Bornmut”dan “Vilyarreal”ga o‘tgan edi. Mavsum davomida hujumchi jamoasi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, “Real Sosedad” yarim himoyachisi Mikel Merino va Aleksandr Isak ham faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin. Ispaniya va Shvetsiya terma jamoasi futbolchilari bilan shartnoma imzolash orqali bosh murabbiy Yurgen Klopp maydon markazi va hujum chizig‘ini yanada kuchaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 3 oktyabr kuni “Liverpul” UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida “Atletiko”ni mag‘lub etgan (2:0) va ushbu g‘alaba evaziga barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 25 ta o‘yinga yetkazib olgandi. Biroq, APL 11-turida “Vest Xem”dan uchralgan mag‘lubiyat sabab ushbu seriya o‘z yakuniga yetdi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Vil'yarreal Arno Gruneveld Fabritsio Romano Aleksandr Isak

Baholaganlar

13

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing