“Liverpul” mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 3 oktyabr kuni “Liverpul” UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida “Atletiko”ni mag‘lub etdi (2:0).

Ushbu g‘alaba evaziga mersisaydliklar barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 25 ta o‘yinga yetkazdi (18 g‘alaba, 7 durang) va klub rekordini yangiladi. Bunga qadar “qizillar” 1982 yilning mart oyidan sentyabrga qadar 25 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan edi (20 g‘alaba, 5 durang)

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari YeCHL guruh bosqichining dastlabki 4 bahsida zafar quchgan holda muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l olishdi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” joriy yilning 7 noyabr kuni Angliya premer ligasi doirasida “Vest Xem” maydoniga safar qiladi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing