“Liverpul”da durang, “Siti”da mag‘lubiyat, “Chelsi” raqibini “sochib” tashladi

Sport

image

Bugun, Angliya Premer ligasining 10-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“Liverpul” o‘z maydonida ushbu mavsumni yuqori sur’atda o‘tkazayotgan “Brayton”ni qabul qildi va durang natija qayd etdi. Uchrashuvda Yurgen Klopp shogirdlari katta qiyinchilikka duch kelishdi.

Dastlab, 4-daqiqada Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng, mersisaydliklar sardori Jordan Xenderson gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi gol ham o‘zini uzoq kuttirmadi. 24-daqiqaga kelib, Aleks-Oksleyd Chemberlenning chiroyli uzatmasidan so‘ng, Sadio Mane bosh bilan darvozani aniq nishonga oldi – 2:0.

41-daqiqaga kelib, mehmonlar futbolchisi Enok Mvepu shedevr gol urib, oradagi farqni qisqartirdi.
 
Ikkinchi bo‘limda “Brayton” darvozaboni boshlab bergan hujumni Leandro Trossar Alisson darvozasiga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Taym davomida braytonliklar katta ustunlikka erishdi.

“Chelsi” mehmonda “Nyukasl” mehmoni bo‘ldi va Ris Jeymsning dubli va Jorjinoning penaltidan kiritgan goli evaziga g‘alaba qozonib, peshqadamlikni saqlab qoldi.

“Manchester Siti” mehmonda “Kristal Pelas” bilan bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Uilfrid Zaa, o‘yin so‘ngida esa Konor Gallaxer tomonidan kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal etdi. Birinchi taym so‘nggida “shaharliklar” himoyachisi Aymerik Lyaport qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, APL turnir jadvalida “Chelsi” 25 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 22 ochkosi bor “Liverpul” 2-pog‘onani egallab turgan bo‘lsa, “Man Siti” 3-o‘rinda.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Futbol Liverpul' Man Siti Kristal Pelas

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing