“Liverpul” Alonsoga 3 yillik shartnoma taklif qildi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi rahbariyati “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonsoga taklif bilan chiqdi. Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi ispaniyalik mutaxassisga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Alonso – Yurgen Klopp o‘rniga asosiy da’vogar. Nemis murabbiyi joriy mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etadi.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso 2022 yildan buyon “Bayer”ni boshqarib kelmoqda. Germaniya chempionatining joriy mavsumi 23-turdan keyin ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Bayer” 61 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Bavariya” esa 2-o‘rinni band etgan. Myunxenliklar klubi hisobida 53 ochko bor. “Liverpul” esa Angliya chempionatida 26 ta turdan keyin 60 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alonsoga “Bavariya” jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Ispaniyalik mutaxassis ham “Bavariya”ni boshqarishga qarshi emas va muzokaralarga ochiq. Shu bilan birga, murabbiyni taklif qilish Myunxen klubiga qimmatga tushishi mumkin. Alonsoning Myunxenga kelishi uchun 15 milliondan 25 million yevrogacha tovon puli to‘lash kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Bayer Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing